Ishchilar uchun yo'riqnoma
Global Books — telefonda ishlash. 2 daqiqada o'qiladi.
1 Kirish
- Telefonda sayt manzilini oching (masalan
http://192.168.100.71:3000). - Ismingiz va parolingizni kiriting — parol avvalgidek.
- "Mening navbatim" sahifasi ochiladi. Uni telefon bosh ekraniga qo'shib qo'ying (brauzer menyusi → "Bosh ekranga qo'shish").
2 Navbat
Ro'yxatda faqat sizning jarayoningiz (yoki mashinangiz) ishlari. Tartib: avval boshlangan ishlar, keyin "Bugunga" belgilanganlar, keyin rahbar belgilagan navbat.
Qizil sana — muddat o'tgan. Qidiruvga buyurtma raqamini yozsangiz tez topiladi.
"Yangi" bo'limida so'nggi 7 kunda qo'shilgan, hali boshlanmagan buyurtmalar. Qizil son — hali ochib ko'rmaganlaringiz. Yangi buyurtma kelganda telefon titraydi.
Tepadagi tugmalar bilan holat bo'yicha (Jarayonda, Pauza, Muddati o'tgan…) filtrlang, o'ngdagi ro'yxatdan tartibni tanlang: muddati yaqin, eng yangi, adadi ko'p va hokazo.
"Bajarildi" deb belgilagan ishingiz ro'yxatdan o'zi olib tashlanadi. Bugungi natijangiz tepada yashil qatorda ko'rinadi.
3 Ishni boshlash va tugatish
| Tugma | Qachon bosiladi |
|---|---|
| Boshlash | Ishni boshlaganingizda (pauzadan keyin qaytganda ham). |
| Pauza | To'xtaganda (tanaffus, smena tugadi). Shu paytgacha qancha qilganingizni kiritasiz. |
| Bajarildi | Ish tugaganda. Oxirgi pauzadan keyin qilganingizni kiritasiz. |
| Muammo | Ish to'xtab qolsa: homashyo yoki ehtiyot qism. Qisqa yozing — rahbarga darhol xabar boradi. |
Sonlar qo'shilib boradi: har safar faqat yangi qilganingizni kiriting. Raqamli klaviaturada Yaroqli va Yaroqsiz ni tanlab yozing, keyin "Saqlash".
Xato son kiritsangiz — ustangizga ayting, u "Sonni tuzatish" bilan to'g'rilaydi.
4 Brak forma
Pechatda yaroqsiz forma bo'lsa, buyurtmani ochib pastdagi "Brak forma"ga forma raqamini yozing va "Qo'shish"ni bosing.
5 QR-kod
Buyurtma kartasidagi QR-kodni telefon kamerasi bilan skanerlang — buyurtma darhol ochiladi.
6 Internet uzilsa
Bosgan tugmangiz yo'qolmaydi: yuqorida 1 ta amal yuborilmagan chiqadi va internet qaytganda o'zi yuboriladi. Sahifani yopmang.
7 Chiqish
Smena oxirida yuqori o'ngdagi "Chiqish"ni bosing — ayniqsa umumiy telefonda. Boshqa hodim sizning nomingizdan ish yozib qo'ymasin.